AsosiyJamiyat

Toshkentda nafaqaxo`rlarning nafaqa puli kechiktirib berilayotgani xabar qilindi

Facebook’dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga aholining keksa qatlamiga beriladigan nafaqa puli doimiy ravishda kechiktirib berilishidan shikoyat kelib tushdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Xabar qoldirgan muallifning yozishicha, onasining nafaqa puli oyning 20 chi kuni o`tgach ham berilavermagach, u pochta xizmatiga aslida qachon berilishi kerakligini so`rab qo`ng`iroq qilgan. Pochtadan esa har oyning ilk haftasida (7-8 chi kunida) beriladi, degan javob olgan. Biroq foydalanuvchining so`zlariga ko`ra, pensiya puli deyarli iki haftaga kechikmoqda.

Shuningdek, guruh foydalanuvchisi Markaziy bankka ham murojaat qilganini, ammo tayinli javob ololmaganini qo`shimcha qiladi.

Ushbu xabarga izoh qoldirganlarning ko`pchiligi nafaqa pulining o`z vaqtida berilmaslik holatlari  viloyatlarda ham mavjudligini aytishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar