Tadbirkorning 15 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.V. yakka tartibdagi tadbirkor U.K.ni aldab uning ishonchiga kirib, Xitoy davlatidan baliq mahsulotlarini olib kelib berishni va`da qilgani aniqlandi.
Uddaburon mazkur rejaga tadbirkorni ishontirib 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan A.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.