AsosiyJamiyat
8421

Surxondaryo chegarasida tadbirkor ayol bojxona xodimini urdi

'Surxondaryo chegarasida tadbirkor ayol bojxona xodimini urdi'ning rasmi

Bojxona xodimiga ayol kishi tomonidan qarshilik ko`rsatish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona postida 1963 yilda tug`ilgan tadbirkor ayol F.K. xizmatni o`tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko`rsatgan. Shuningdek, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qo`llari bilan urib, tan jarohati etkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar