AsosiyMadaniyat

O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari boshlandi

'O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 3-7 dekabr kunlari O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari bo`lib o`tadi.

Madaniyat kunlari doirasida V.D.Polenov nomidagi Rossiya davlat xalq ijodiyoti uyi tomonidan “Loskutnaya mozaika Rossii” deb nomlangan zamonaviy ustalarning to`qimachilik mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu ko`rgazma ekspozisiyasidan Rossiyaning turli hududlariga mansub mashhur hunarmand-ustalarning ishlari o`rin olgan. Har bir asardagi rang, shakl, gullar va mato uyg`unligi tashrif buyurganlarni o`ziga rom etadi.

Shuningdek, Dog`istonda xizmat ko`rsatgan “Lezginka” akademik raqs ansamblining konsert dasturi o`tkaziladi. Mazkur ansamblga 1958 yil SSSR Xalq artisti Tanxo Izrailov tomonidan asos solingan. Dunyoning 65 mamlakatiga gastrol uyushtirgan ansambl professional raqs jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan tanlov va festivallarda 48 marotaba g`olib bo`lgan. Ansambl tomonidan shu kunga qadar Rossiya, Dog`iston va Kavkaz xalqlarining 100 dan ortiq raqslari sahnalashtirilgan.

Konsert dasturi yuksak badiiy did bilan tashkillashtirilgan bo`lib, unda raqslarning xilma-xilligi, folklorning ajoyib namunalari, yuqori ijro mahorati tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirishi shubhasiz.

 

Boshqa yangiliklar