Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchilar qo`lga olindi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida Mirobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e`lon qilingan 35 yoshli Mo`mina Sh. 23-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari Toshkent viloyati hududida qo`lga olindi. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`lladi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida (“O`g`rilik”) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e`lon qilingan 45 yoshli Dmitriy G. 24-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Mirzo-Ulug`bek tumani hududida qo`lga olindi.