AsosiySport

Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo`mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi

'Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo`mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi'ning rasmi

Shveysariyaning Lozanna shahrida dunyoning 150 dan ortiq mamlakat vakillaridan 300 delegat ishtirok etgan Xalqaro qilichbozlik federasiyasining navbatdagi Kongressi bo`lib o`tdi. Bu haqda Markaziy olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

Mazkur tadbirda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi.

Kongressda Xalqaro Olimpiya qo`mitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi. Xalqaro olimpiya qo`mitasi prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yo`nalishi ham Olimpiya o`yinlari dasturiga kirishida ulkan hissa qo`shgan Alisher Usmonovni XOQning maxsus sovg`asi bilan taqdirladi.

Kongress doirasida yil yakunlari bo`yicha ham qator nominasiyalar bo`yicha taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, quyidagi yo`nalishda sovrinlar topshirildi:

“Fair Play Trophy”: Sablya bo`yicha Vengriya terma jamoasi vakillari Tamash Dechi, Chanad Gemesi, Andrash Satmari, Aron Ssilagi va fransiyalik Bolade Apitiga.

Kattalar va yoshlar o`rtasida reyting g`oliblari:

Shpaga. Kattalar o`rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar va erkaklar). Yakkalik: Man Vay Vivian Kong (Gongkong) va Kazuyasu Minobe (Yaponiya).

Yoshlar o`rtasida: Rossiya (ayollar) va Vengriya (erkaklar). Yakkalik: Federika Izola va Davide Di Veroli (ikkalasi ham Italiya).

Rapira. Kattalar o`rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar) va AQSh (erkaklar). Yakkalik: Inna Deriglazova (Rossiya) va Alessio Fokoni (Italiya).

Yoshlar o`rtasida: Italiya (ayollar) va Rossiya (erkaklar). Yakkalik: Martina Favaretto (Italiya) va Mohammed Hamza (Misr).

Sablya. Kattalar o`rtasida jamoaviy: Fransiya (ayollar) va Koreya Respublikasi (erkaklar). Yakkalik: Olga Xarlan (Ukraina) va Sangxuk Ox (Koreya Respublikasi).

Yoshlar o`rtasida: Germaniya (ayollar) va Italiya (erkaklar). Yakkalik: Yoana Ilieva (Bolgariya) va Lorenso Roma (Italiya).

Millatlar Gran-prisi: Rossiya va Italiya.

Shuningdek, mazkur Kongress davomida Kabo-Verde, Keniya, Oman va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar Xalqaro qilichbozlik federasiyasi a`zo bo`lishdi. Shu tariqa xalqaro tashkilotga a`zo mamlakatlar soni 157 taga etdi.

Kongressda xalqaro federasiyaning ortda qolgan vaqt mobaynida olib borgan ishlari, joriy yil bo`yicha moliyaviy hisoboti va kelasi yil uchun ajratilgan byudjeti to`g`risida hisobot tinglandi. Shuningdek, 2021 yil kattalar o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonligi uchun o`tkazilgan ovoz berishda Misr mamlakati nomzodi ma`qullandi. Qolaversa, 2020-2024 yillar oralig`idagi xalqaro musobaqalarda jahon va Olimpiada chempionlarining bahslarda ajralib turishi uchun ularning sport kiyimiga ism-familiyasini qizil va oltin ranglarda yozdirib qo`yish bo`yicha qaror qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar