1

Mirabror Usmonov terma jamoaning Osiyo kubogidagi ishtirokini qoniqarli deb topdi

Sport 27.01.2015, 09:54
Mirabror Usmonov terma jamoaning Osiyo kubogidagi ishtirokini qoniqarli deb topdi

O`FF rahbariyati milliy terma jamoaning Osiyo kubogida ko`rsatgan o`yini va natijasidan qoniqish hosil qilgan. Stadion.uz nashri tarqatgan xabarga ko`ra, bu haqda Mirjalol Qosimov "Futbol sharhi" ko`rsatuvida ma`lum qilgan.

"Bugun ertalab O`zbekiston futbol federasiyasini prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashdi. Mirabror Zufarovich uchrashuv chog`ida futbolchilarga Osiyo kubogidagi o`yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi va terma jamoa qayd etgan natijani qoniqarli deb topdi. O`FF rahbari futbolchilarning keyingi faoliyatiga omadlar tiladi. O`ylaymanki, Xitoy qarshi o`yin va yakuniy natijani inobatga olmaganda, muxlislarimiz terma jamoa o`yinlaridan mamnun bo`lishdi", — deydi Mirjalol Qosimov.

Terma jamoa bosh murabbiyi chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi o`yinda Server Jeparovni nima uchun maydonga tushirmaganini quyidagicha izohlagan:

"Koreyaga qarshi o`yinda Odil Ahmedovning jarohat olishi rejamizni o`zgartirishga majbur qildi. Koreyaliklarga qarshi o`yinda mustahkam va zich himoya asosida o`ynayotganimiz uchun Odilning o`rniga Kapadzeni tushirishga qaror qildim. O`yin oxirida esa Lutfulla To`raevning o`rniga Jeparov yoki Iskandarovni tushirish kerak bo`lganida, meni Jamshidni tanladim. Boisi, unda Xudo tomonidan berilgan nozik pas berish qobiliyati bor. Qolaversa, Iskandarov va Rashidov bir-birlarini yaxshi tushunishadi, ular yaxshi tandem hosil qilishadi. Shu bois, Serverni emas, Jamshidni maydonga tushirdim".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1