UFC engil vazn toifasida Jahon Chempioni Habib Nurmagomedov «Qora pantera 2» filmida suratga tushishi mumkin.
Xabar qilinishcha, 31 yoshli rossiyalikning golivuddagi do`stlari unga Marvel studiyasining navbatdagi filmida epizod rol ijro etishni taklif qilgan. Habib bunga qanday javob bergani noma`lum. «Qora pantera 2» filmi qachon ekranlarga chiqishi ma`lum emas, taxminlarga ko`ra film 2022 yilning bahorida prokatga chiqadi.
Eslatib o`tamiz, Nurmagomedov 2020 yilning 18 aprelida Toni Fergyusonga qarshi jang olib boradi. U ayni damda San-Fransiskoda shug`ullanmoqda.