AsosiySport

O`zbekiston U-19 terma jamoasiga Temur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlandi

'O`zbekiston U-19 terma jamoasiga Temur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o`z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o`tmishning etuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi. Bu haqda O`FA ma`lum qildi.

Temur Kapadze O`zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Yoshlarimizning ushbu chempionatgacha bo`lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko`ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O`zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to`g`ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Avvalroq, U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – O`zbekiston yoshlar terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda o`zlarini noprofessional tarzda tutganliklari uchun O`FA Ijroqo`mi O`zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G`ulomxo`jaev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo`yicha qaror chiqargan edi.

    Boshqa yangiliklar