AsosiySport

Andijon viloyati hokimi MMA jangchilariga «Spark» sovg`a qildi

'Andijon viloyati hokimi MMA jangchilariga «Spark» sovg`a qildi'ning rasmi

Andijonda “Besh tashabbus bilan kelajak sari” shiori ostida o`tgan tadbirda g`olib sportchilar taqdirlandi.

Tadbirda so`nggi yillarda respublika va jahon maydonlarida sovrinli o`rinlarni egallab kelayotgan andijonlik yuzga yaqin sportchilar va ularning ota-onalariga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning sovg`alari topshirildi.

Viloyat hokimi Toshkentda ilk bor tashkil etilgan MMA (aralash jang) bo`yicha GFC 20 turnirida g`alaba qozongan Nursulton Ro`ziboev, Avliyoxon Hamidov va Ahliddin Mirzadavlatovlarga “Spark” avtomobillari kalitini topshirdi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi Nursulton Ro`ziboevga sport anjomlari uchun yuz million so`mlik sertifikat sovg`a qilindi.

    Boshqa yangiliklar