2019 yil 5 ming 868 nafar shaxs O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Siyosat 07.12.2019, 18:20
2019 yil 5 ming 868 nafar shaxs O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Xabar berganimizdek, Konstitusiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik.

Unda, joriy yilda “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik amaliyotlari doirasida qurolli mojarolar maydonidan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib kelingani haqida ham alohida ta`kidlandi.

O`tgan uch yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, bu yilda 5 ming 868 nafar shaxs O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo`lida og`ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish zarurligini ta`kidladi.

Sudlarning mustaqilligini mustahkamlash, tergov-surishtiruv jarayonida o`zaro tiyib turish tamoyillarini ta`minlash, advokatura institutini takomillashtirishga oid dolzarb vazifalarni ko`rsatib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Bayram tantanasiga yig`ilganlar qo`llarini ko`ksiga qo`yib, Mustaqilligimiz qo`shig`iga jo`r bo`ldi.

Bayram tadbirida davlat va jamoat arboblari, ilm-fan va san`at namoyandalari, xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Tantana katta konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1