Yangi Zelandiyaning Kembrij shahrida velosport bo`yicha o`tayotgan Jahon kubogida o`zbekistonlik Olga Zabelinskaya tarixiy natijaga erishdi. Sportchi skretch yo`nalishi bo`yicha kumush medalni qo`lga kiritdi va o`z hisobiga Tokio Olimpiadasi uchun 450 reyting ochkoni yozdirib qo`ydi.
Qayd etish joiz, Zabelinskaya avvalroq 2020 yilgi Olimpiadaga yo`llanmani qo`lga kiritgandi. Bundan tashqari, u o`zbek sporti tarixida velosport bo`yicha Jahon kubogida ishtirok etgan ilk ayol bo`ldi.
Velosportning ushbu yo`nalishidagi g`alabaga Yangi Zelandiya vakilasi Xolli Edmonstond erishdi. 3-o`rinni irlandiyalik Lidia Gurley egalladi.