1

Ikki «shovvoz» uchta mashinani o`mardi

Jinoyat 10.12.2019, 14:26
Ikki «shovvoz» uchta mashinani o`mardi

Tun yarmida Jizzax viloyati G`allaorol tumani Baxt mahallasi Baxt ko`chasida turgan uchta «Neksiya» rusumli avtoulovning eshiklari qulfni buzish yo`li bilan ochilib, avtomashinalarda bo`lgan pul va bir qancha buyumlar o`g`irlab ketildi. Jumladan, avtomobillarning biridan 250 ming so`m pul, boshqasidan dori qutisi, o`t o`chirish vositasi, xavfdan ogohlantiruvchi belgi, 200 ming so`mlik ehtiyot qism va 150 ming so`m pul olingan. Uchinchi avtomashinadan esa «Antiradar» qurilmasi va videoyozuvlarni qayd etish moslamasi g`oyib bo`lgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari jinoyatni «issiq izida» ochishga muvaffaq bo`lishdi. Ayon bo`lishicha, o`g`rilikni Forish tumanida istiqomat qiluvchi ikki «shovvoz» – 1996 yilda tug`ilgan A.T. va 1980 yilda tug`ilgan I.R. sodir etishgan ekan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1