Bojxona xizmati tezkor-tergov faoliyati davomida xavfli kontrabanda turlari – giyohvand moddalar, turli xildagi qurollar, shubhali pirotexnika vositalari, ekstremistik adabiyotlar va boshqa ta`qiqlangan mollarni bartaraf etishga alohida e`tibor qaratilmoqda, deya xabar qiladi 12news.uz.
Mazkur ish yuzasidan o`tgan yil davomida 901 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Dalil sifatida 4 milliard 738 million so`mlik qimatbaho mollar musodara qilingan. Mazkur faktlar asosida 33 ta jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tezkor-tergov tadbirlari davomida boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qo`yish natijasida 7115,28 gramm kuchli ta`sir etuvchi giyohvand moddalar, 926 psixotrop dorilar olib qo`yilgan.
“Samarkandskiy vestnik” gazetasi xabar berishicha, Samarqand viloyati bo`yicha Bojxona davlat qo`mitasi boshqarmasi tomonidan 2014 yilda bojxona to`lovlaridan davlat byudjetiga 271 milliard 154,6 million so`m miqdorida mablag` tushirilgan. Viloyat bojxona boshqarmasi tashqi iqtisodiy faoliyatida 2014 yil uchun jami 27344 ta elektron shaklda rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklarasiyalarining 99,82 % ni tashkil etadi.
Mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda sifatsiz ish va qalbaki mahsulotlar olib kirishning oldini olish ichki bozorni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2014 yilda o`tkazilgan tadbirlar natijasida 34,4 million so`m miqdoridagi iste`molga yaroqsiz bo`lgan mahsulotlar musodara qilingani xabar qilinmoqda.