AsosiySport

Rossiya 4 yilga Olimpiya o`yinlari va jahon chempionatlaridan chetlatildi. Chunki...

'Rossiya 4 yilga Olimpiya o`yinlari va jahon chempionatlaridan chetlatildi. Chunki...'ning rasmi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo`mitasi Rossiyani to`rt yilga yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi, deya xabar berdi Go Sport. 

Bularga - Olimpiya o`yinlari va jahon chempionatlari kiradi. Shuningdek, Rossiya Federasiyasi davlat xizmatchilarining xalqaro sport tadbirlariga borishi taqiqlandi. RUSADAning Moskvadagi antidoping laboratoriyasi ma`lumotlarni soxtalashtirilgani mana shunday keskin jazoga sababchi bo`ldi.

Rossiyalik sportchilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga qo`yiladi, biroq 2018 yil Pyongchangda bo`lib o`tgan qishki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda ishtirok etadilar. Rossiya bayrog`i taqiq ostida bo`ladi, g`olib bo`lgan sportchilar sharafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi

Boshqa yangiliklar