Nukus va Xo`jaylida 300dan ortiq bo`sh ish o`rni taklif etildi

Jamiyat 29.01.2015, 15:43
Nukus va Xo`jaylida 300dan ortiq bo`sh ish o`rni taklif etildi

Prezidentimiz rahnamoligida aholi bandligini ta`minlash va yangi ish o`rinlari tashkil etishga qaratilayotgan doimiy e`tibor yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, deya xabar qiladi O`zA.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan o`tkazilgan navbatdagi mehnat yarmarkasida Nukus shahri hamda Xo`jayli tumanidagi 108 korxona va tashkilotning uch yuzdan ziyod bo`sh ish o`rni taklif etildi.
– Yarmarkada asosan xotin-qizlar va kasb-hunar kollejini bitirayotgan yoshlar uchun ish o`rni taklif etilganidan xursandman, – deydi Jamila Ko`klenova. – Bugungi tadbirda Taxiatosh shahridagi 10-maktabgacha ta`lim muassasasiga ishga yo`llanma oldim.
Mehnat yarmarkasida ishga joylashish uchun yo`llanma berilgan fuqarolarning 30 dan ortig`i kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1