1

O`zbekistonda pensionerlarga majburan gazeta sotilayotgani xabar qilindi

Jamiyat 29.01.2015, 17:19
O`zbekistonda pensionerlarga majburan gazeta sotilayotgani xabar qilindi

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Jamoatchilik guruhi” foydalanuvchilaridan biri pochtalarda pensionerlarga nafaqa puli hisobidan gazetalar majburan sotilayotganini xabar qildi, deb yozadi beradi uz24.uz nashri.

Xabar muallifining misol keltirishicha, “Gulchehralar” nomli gazeta nafaqa puliga majburan sotilmoqda.

Bundan avval mazkur guruh ishtirokchilari tomonidan Toshkentdagi pensionerlarning nafaqa puli bir necha kunga kechiktirilib berilayotgani, Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida esa nafaqa pulining ma`lum bir qismini plastik kartaga o`tkazilayotgani haqida ham shikoyatlar qoldirilgan edi.

Eslatib o`tamiz, 2015 yil O`zbekistonda Keksalarni e`zozlash yili deb e`lon qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1