AsosiySport

O`quvchilari 40 ta oltin olgan sport maktabi ta`mirlab berildi

'O`quvchilari 40 ta oltin olgan sport maktabi ta`mirlab berildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar va o`smirlar sport maktabi rekonstruksiyadan so`ng foydalanishga topshirildi.

Maktab qurilishi uchun mahalliy byudjetdan 9 milliard 618,5 million so`m mablag` ajratilib, “Jayhun inshoot qurilish” mas`uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan sifatli bitkazildi. Zamonaviy yugurish, futbol, voleybol maydonchalari, kiyinish, yuvinish xonalari tarbiyalanuvchilar xizmatida. Murabbiylarga ham barcha sharoit yaratilgan.

– Bu erda 1 ming 500 dan ziyod o`g`il-qiz sportning 16 turi bilan muntazam shug`ullanib kelmoqda, – deydi ushbu muassasa direktori, xalqaro toifadagi sport ustasi Rustam Kazakov. – Joriy yilning o`tgan davrida sportchilarimiz jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda, Osiyo, O`zbekiston chempionatlarida jami 40 oltin, 39 kumush va 49 bronza medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Ishtirokchilar sport maktabida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Boshqa yangiliklar