AsosiyDunyo

Qirg`izistonning sobiq prezidenti qotillikda ayblanmoqda

'Qirg`izistonning sobiq prezidenti qotillikda ayblanmoqda'ning rasmi

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev qotillikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qo`y-Toshdagi voqealar bo`yicha davlat komissiyasining faoliyati yakunlari muhokamalari chog`ida ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliev ma`lum qildi, deb yozadi «Vecherniy Bishkek»ka tayanib Daryo. Vazirning so`zlariga ko`ra, ballistik ekspertiza natijalari «Alfa» maxsus xizmati boshlig`i o`rinbosari Usen Niyazbekovning o`limiga olib kelgan o`q Almazbek Atambaev nomiga rasmiylashtirilgan karabin miltig`idan otilganini ko`rsatdi.

Ichki ishlar vaziri otishmani aynan kim amalga oshirgani hozircha aniqlanmaganligini ta`kidlagan.

Qashqar Junushaliev keyinroq huquqni muhofaza qilish organlaridan ishdan bo`shatilgan ichki ishlar vaziri o`rinbosari Kursan Asanov tomonidan aynan ushbu qurol o`qsizlantirganini qayd etib o`tgan.

Boshqa yangiliklar