1

Namanganda O`zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi o`rnatildi (video)

Jamiyat 14.12.2019, 10:46
Namanganda O`zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi o`rnatildi (video)

Namanganda O`zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi o`rnatildi. Bu haqida Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi...

Archa shahridagi «Afsonalar vodiysi» bog`iga joylashtirilgan archaning balandligi naq 39 metr. Uning bezatilishi bog`dagi boshqa ko`ngilochar maskanlar va attraksionlar bilan yaxlit uyg`unlik hosil qilib, ajoyib manzarani yuzaga keltirgan.

Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog`iga esa Xitoydan balandligi 28, diametri 9 metr bo`lgan archa keltirildi.

U 50 ming dona yoritgich chiroqlar bilan bezatilib, unga ikki mingdan ortiq o`yinchoq ilindi. Archa bezaklari musiqa sadolari ostida o`zgarib, turlicha jilo sochib turadi.

Shuningdek, shaharning Yoshlar bog`ida ham tez orada 15 metrli archa qad rostlaydi.

Ma`lumot o`rnida: 

Toshkentda o`rnatilgan va shu paytgacha eng baland hisoblangan Yangi yil archasining bo`yi 36 metr edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1