1

Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bog`lar xatlovdan o`tkaziladi

Siyosat 14.12.2019, 17:09
Teglar: Meva-sabzavotchilik, xatlov
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bog`lar xatlovdan o`tkaziladi

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog`ini yanada rivojlantirish, sohada qo`shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperasiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Meva-sabzavot klasteri tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qishloq xo`jaligi vazirligi o`rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida tashkil etiladi.

Qarorga ko`ra:

* meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi mavjud bog` va tokzorlar xatlovdan o`tkaziladi;

* xatlov natijasiga ko`ra samarasiz bog` va tokzorlarni yangilash yuzasidan tumanlar kesimida manzilli ro`yxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi;

* yangi bog` va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo`jaligi birlashmasiga biriktiriladi.

Quyidagi erlarda intensiv bog` va tokzorlar barpoetiladi, issiqxonalar quriladi hamda ular aholiga lizing va kredit shartlari asosidaberiladi:

* qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan ochiq er maydonlari;

* hosildorligi past bo`lgan paxta va g`alladan bo`shagan maydonlar;

* yaroqsiz deb topilgan bog` va tokzorlar joylashgan erlar.

Qarorga muvofiq: 

* qishloq xo`jaligi birlashmalari a`zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga intensiv ko`chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;

* uzumchilik yo`nalishidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlari bo`yicha kafillik taqdim etiladi;

* kam ta`minlangan oilalar bandligini ta`minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo`jaligi birlashmalari a`zolariga subsidiyalar ajratiladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1