1

Orol dengizining shimoliy qismida muvozanat qayta tiklanayotgani kuzatildi

Jamiyat 30.01.2015, 11:06
Orol dengizining shimoliy qismida muvozanat qayta tiklanayotgani kuzatildi

Orol dengizining shimolidagi Kichik Orol dengizida olib borilgan keng ko`lamli ishlar dengizda suv muvozanatining tiklana boshlashiga va faunaning jonlanishiga olib kelgan. Bu haqda kun.uz  nashri xabar bermoqda.

Barchamizga ma`lumki, so`nggi 50 yil mobaynida suv hajmining 70 foizini yo`qotgan Orol dengizida jonlantirish ishlari mintaqa davlatlari hamda turli xalqaro tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, 2006 yilda Qozog`iston Jahon banki yordamida dengizning shimolida qurgan to`g`on Kichik Orol dengizining shakllanishiga olib keldi. Oxirgi yillarda dengiz atrofiga 5 ming kishi ko`chib o`tishi bilan mintaqa aholisi 72 ming kishiga etgan. Mintaqada baliqchilik yil sayin rivojlanib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1