2015 yilning 24 - 27 fevral kunlari O`zbekiston mebel sanoati vakillarining “MebelExpo Uzbekistan-2015” ko`rgazmasi bo`lib o`tadi, deya xabar beradi jahonnews.uz.
Ko`p yillardan buyon muntazam o`tkazib kelinayotgan “MebelExpo Uzbekistan” xalqaro ko`rgazmasi ishtirokchilarni mebel sanoati yangiliklari, jumladan, mebel, uning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish, mebel dizayni sohasidagi yutuqlar bilan tanishtirish hamda jihozlash mutaxassislarining o`zaro tajriba almashishiga zamin yaratish maqsadida tashkil qilib kelinadi.
Mazkur ko`rgazmada mebel ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, mebel furniturasi, interer va dekor buyumlari, uy va ofis uchun tayyor mebellar namoyish etiladi.
“MebelExpo Uzbekistan” ko`rgazmasi an`anaviy ravishda “UzBuild” – qurilish sohasidagi yirik xalqaro ko`rgazmasi bilan bir maydonda o`tkaziladi.
Mazkur ko`rgazmada etakchi Avstriya ishlab chiqaruvchilaridan turli xildagi mebel qoplamalari, Italiya, Germaniya, Turkiya hamda Xitoydan mebel ishlab chiqarish asbob-uskunalari, Avstriya va Italiyadan hushbichim va ishonchli mebel furniturasi, turk ishlab chiqaruvchilaridan mebel kromkalari, Belorussiyadan plita materiallari va keng turdagi mebellar hamda eng yaxshi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan uy va ofis uchun mebellar ham taqdim etiladi.