1

O`zbekistonda "Toshkent hayvonot bog`i" pochta markalari turkumi chiqarildi

Jamiyat 30.01.2015, 14:59
O`zbekistonda "Toshkent hayvonot bog`i" pochta markalari turkumi chiqarildi

“O`zbekiston pochtasi” AJ “Toshkent hayvonot bog`i” turkum pochta markalarini tayyorladi. Bu haqda “O`zbekiston pochasi”ning axborot xizmati ma`lumotlariga tayanib, uz24.uz nashri xabar beradi.

2015 yil 22 yanvardan O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi tomonidan mazkur turkum  muomalaga kiritildi.

Turkum 3 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalaridaToshkent hayvonot bog`ida yashovchi hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta blokida o`zbek tilida lotin grafikasida “TOShKENT HAYVONOT BOG`I” yozuvi joylashgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1