Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan Fazliddin G`oibnazarov (8-1, 5 KO) uzoq tanaffusdan so`ng ringga qaytishini ajoyib g`alaba bilan nishonladi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qozog`istonning Almati shahrida kechgan boks oqshomida u ukrainalik Vladislav Baranovga (6-6-2, 4 KO) qarshi ringga chiqib, birinchi raundning 1:24 soniyasi ortda qolganda raqibini texnik nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratdi. Bu natija orqali G`oibnazarov professional boksdagi g`alabalari sonini 8taga etkazib oldi.






