AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Yaponiyadagi tashrifi dasturini Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashuvdan boshladi

'Shavkat Mirziyoev Yaponiyadagi tashrifi dasturini Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashuvdan boshladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18 dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi

Mamlakatimiz va Aichi prefekturasi o`rtasida ta`lim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yo`lga qo`yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovasiyalar, sanoat, qishloq xo`jaligi va qo`shma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida ta`kidlandi.

O`zbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

O`zaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish masalasini ko`rib chiqishga kelishib olindi.

Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv o`tkazgani haqida xabar bergandik.

 

Boshqa yangiliklar