1

Hindistondagi milliy taomlar festivalida O`zbekiston talabalari qatnashdi

Jamiyat 31.01.2015, 10:26
Hindistondagi milliy taomlar festivalida O`zbekiston talabalari qatnashdi

Hindistondagi eng yirik o`quv muassasalaridan biri — Dehlidagi Javoharlal Neru nomli universitetda milliy taomlar bo`yicha an`anaviy xalqaro talabalar festivali bo`lib o`tdi, deya xabar qiladi uz24.uz.

«Jahon» axborot agentligi xabar berishicha, festivalda Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Suriya, Afg`oniston, Falastin, Bangladesh, Nepal, Tailand, Shri-Lanka, Turkmaniston va boshqa mamlakatlardan talabalar qatnashdi.

O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligidagi mazkur taomlar bayramida mamlakatimiz ham ishtirok etdi. Mehmonlar palov, manti, lag`mon, somsa, chuchvara, sho`rva va kabobni tatib ko`rishga muvaffaq bo`ldi. Bundan tashqari, chak-chak, holvaytar, parvarda kabi shirinliklar va meva-sabzavotlar tortildi.

Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy liboslar ham namoyish etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1