1

Prezident Yaponiya tadbirkorlarini O`zbekistonga taklif etdi

Siyosat 18.12.2019, 18:00
Prezident Yaponiya tadbirkorlarini O`zbekistonga taklif etdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tokio shahrida Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o`tkazdi.   

Unda JETRO, JICA, JABIC, NEDO, JOGMEC, Mitsubishi, Itochu, Sumitomo, Marubeni, Isuzu kabi korporasiya va kompaniyalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida 16 dekabr kuni Tokioda bo`lib o`tgan Yaponiya-O`zbekiston biznes forumi natijalari haqida axborot berildi.

Prezidentimiz Yaponiya kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarini O`zbekistonda investisiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi. 

– Yaponiya – bizning strategik sherigimiz. O`zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilmani modernizasiya qilish bo`yicha hamkorlikda ko`p ishlar qilindi. Biz bu aloqalar tarixida yangi sahifa ochish niyatida keldik. Savdo, energetika, geologiya, kimyo, transport, turizm, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va xizmat ko`rsatish tarmoqlarida imkoniyatlar, yangi loyihalar ko`p, – dedi Shavkat Mirziyoev.



 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1