Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

Siyosat 19.12.2019, 11:48
Teglar: AQSh, Qurolli Kuchlar
Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga xalqaro kuzatuvchi – Amerika Qo`shma Shtatlari xalqaro strategik tadqiqotlar assosiasiyasi prezidenti Gregori Kopli tashrif buyurdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti. 

Gregori Kopli strategik masalalar va tarix bo`yicha 32 kitob hamda mingdan ziyod maqola, leksiyalar muallifi va hammuallifidir.

Mehmon dastavval Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so`ng saylov uchastkasida bo`lib, u erda saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklarni ko`zdan kechirdi. Saylov jarayonida oshkoralik va demokratik tamoyillarning ta`minlanishi borasida o`zini qiziqtirgan savollariga javob oldi. 

Tashrif davomida Gregori Kopli va Qurolli Kuchlar akademiyasi mas`ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda harbiy ta`lim va harbiy kadrlar tayyorlash masalalari bo`yicha o`zaro fikr almashildi. 

Xususan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy ta`limni rivojlantirish borasidagi istiqbolli chora-tadbirlar, bu borada horij davlatlari bilan o`rnatilgan hamkorlik aloqalari  haqida batafsil ma`lumot berildi. 

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
AQShda eng zamonaviy "ko`rinmas" bombardimonchi samolyot namoyish etildi

03.12.2022, 12:40

AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...
Xitoy TIV vakili AQShning ettita davlatni bosib olish haqidagi rejasini e`lon qildi. U qaysi davlatlar? (video)

12.10.2022, 11:42

Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1