AsosiySiyosat

Ilyas Umaxanov: “Biz o`zbek xalqi bilan birgamiz”

'Ilyas Umaxanov: “Biz o`zbek xalqi bilan birgamiz”'ning rasmi

O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini kuzatish va monitoring qilish maqsadida mamlakatimizga MDHning Parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari tashrif buyurmoqda. Bugun, 20 dekabr kuni O`zbekiston Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoevning yurtimizga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Rossiya Federasiya kengashi raisi o`rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Uchrashuv davomida joriy yil 22 dekabrda bo`lib o`tadigan saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish xususida so`z yuritildi. Ta`kidlanganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi Saylov kodeksiga muvofiq o`tkazilmoqda. 

Tomonlar Senat raisi T.Narbaevaning 2020 yilda MDH Parlamentlararo assambleyasining majlislaridan birini O`zbekistonda o`tkazish taklifi va unga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan ham fikr almashdi.

— O`zbekiston xalqi o`z parlamentining yangi tarkibini saylash arafasida turibdi. Bu jarayonda ishtirok etish biz — MDHning  Parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari uchun ham muhim voqelik. Biz yurtingizga kimgadir nimanidir o`rgatishga emas, balki saylovda birgalikda ishtirok etish, yoningizda bo`lish uchun keldik. Ajoyib shoir Rasul Xamzatovning shunday gapi bor: Yonida bo`lish emas, birgalikda bo`lish muhimdir. Biz o`zbek xalqi bilan doim birgamiz, - dedi I.Umaxanov.

Xalqaro kuzatuvchilarning O`zbekistonga tashriflari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar