1

2014 yilda lisenziyasiz faoliyat yuritgan haydovchilardan 10 milliard 207 million so`m miqdorida jarima undirildi

Jamiyat 02.02.2015, 13:21
2014 yilda lisenziyasiz faoliyat yuritgan haydovchilardan 10 milliard 207 million so`m miqdorida jarima undirildi

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida tashkilotning 2014 yilgi faoliyati yakunlari va istiqboldagi rejalarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda uz24.uz nashri O`zA ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, bugungi kunda yo`nalishlar soni 4 ming 344 taga etdi. Bu 2000 yildagi ko`rsatkichga qaraganda ikki barobar ko`p. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ushbu yo`nalishlarni yanada takomillashtirish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda yo`nalishlarning bandligi va aholining yo`lovchi tashish transportidan foydalanish bo`yicha ehtiyojini muntazam o`rganib bormoqda. Aholiga transport xizmatlarini ko`rsatayotgan korxonalarga transport vositalarini yangilashda amaliy yordam berilmoqda.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, sohada 2 ming 806 yuridik shaxs faoliyat ko`rsatmoqda. 2014 yilda agentlik va uning hududiy bo`limlari tomonidan xo`jalik yuritish sub`ektlariga 2 ming 817 lisenziya va 170 mingga yaqin lisenziya kartochkasi berildi.

Yo`l harakati xavfsizligi xizmati va davlat soliq organlari bilan hamkorlikda 4 ming 364 ta reyd o`tkazilib, avtotransport vositalari egalari tomonidan lisenziyalashtirish sohasida yo`l qo`yilgan 67ming 18 ta qonunbuzarlik holati aniqlandi. Lisenziyasiz faoliyat yuritgan shaxslardan 10 milliard 207 million so`m miqdorida jarima undirildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1