1

Beeline asossiz ravishda o`zini "eng zo`r kompaniya" degani uchun jazolandi

Jamiyat 02.02.2015, 14:27
Beeline asossiz ravishda o`zini "eng zo`r kompaniya" degani uchun jazolandi

Beeline savdo belgisi ostidagi “Unitel”  MChJ tomonidan “Reklama to`g`risida”gi qonunning 13-moddasi talablari buzilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berishicha,  aloqa kompaniyaning “Innovasiya” reklama aksiyasida asossiz ravishda “Beeline eng zo`r kompaniya” deyilgan. Shu munosabat bilan, Buxoro, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari hududiy organlar tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to`g`risida ko`rsatmalar berildi. Bu haqda uz24.uz nashri ma`lumot beradi.

Qo`mitaning ogohlantirish xatiga binoan, 22 oktyabrdan e`tiboran  barcha reklamalar efirdan olindi. Bundan tashqari, kompaniyalarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma`muriy javobgarlik sanksiyalari qo`llanildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1