1

Qaysi yog` qanday ta`sirga ega?

Jamiyat 02.02.2015, 15:53
Qaysi yog` qanday ta`sirga ega?

Kungaboqar yog`i

Yog` tarkibining 60 foizi to`yinmagan kislotalardan tashkil topgan bo`lib,  iste`mol  vaqti miqdoriga ahamiyat berish kerak. Agar kungaboqar yog`idan keragidan ortiq foydalansangiz, ortiqcha kaloriyalar yuzaga kelishi hech gap emas. Bu esa vazn ortishiga sabab bo`ladi. Kungaboqar yog`idan tayyorlangan taom yoki eguliklarni asosiy tanavvul vaqti  iste`mol qilgan ma`qul. 

Zaytun yog`i

Organizm yaxshi qabul qilishi bilan tilga olinadi. Qolaversa, teri mayinligi, sochlar mustaxkamligi uchun ham foydalidir. Ammo zaytun yog`ida tayyorlangan eguliklar muntazam iste`mol qilinsa, jig`ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, oshqozon va hazm qilish a`zolarida muammosi bo`lganlar zaytun yog`ining miqdorini oshirib yubormasliklari lozim.

Yong`oq yog`i

Foydali yog` kislotalari bilan birgalikda bioaktiv moddalar faolligi bilan ham foydali sanaladi.Organizmga yaxshi qabul qilinishi bilan e`tirof etilsa-da, bir kunda kam miqdorda 1 choy qoshiqdan ortiq iste`mol  qilish tavsiya etilmaydi.

Qovoq yog`i

Me`da va ichaklar faoliyatini yaxshilab, jigarning ishlash tizimini me`yorlashtiradi. Tartibli qabul qilinganida organizmdagi tiqinlarni haydab chiqarib, parazitlar bilan kurashishda yordam beradi. Ammo yaxshi natijaga erishish uchun qovoq yog`ini belgilangan miqdorda ichish kerak. Miqdor ko`rsatkichi yog` idishining  yo`riqnomasida ko`rsatilgan bo`ladi.

Uzum danagining yog`i

Rekord darajadagi E vitamining manbaidir.  Uzum danagidan tayyorlangan yog`ning bir choy qoshig`i E vitamining inson organizmi uchun kerak bo`lgan bir kunlik miqdorini ta`minlaydi. Shundan kelib chiqib, bu yog`ni me`yoridan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Avokado yog`i

Yuqori kaloriyali maxsulot bo`lgani bilan organizmdagi zrarli xolesterinni oson haydab chiqaradi. Qolaversa, teri ko`rinishini yaxshilash uchun ham asqotadi. Biroq qomatga foydasi bor ekan deb, ortiqcha miqdoriga ishqiboz bo`lmang. Avokado yog`ini iste`mol qilishda qolgan maxsulotlarning kaloriyasi kamroq bo`lishi lozim. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1