1

Britaniyalik kuzatuvchi Djon Grogan: “Ikki hafta oldin o`zim saylovlarda yutqazdim...”

Siyosat 22.12.2019, 16:53
Britaniyalik kuzatuvchi Djon Grogan: “Ikki hafta oldin o`zim saylovlarda yutqazdim...”

Jon Grogan (Buyuk Britaniya): 

- 2 xafta oldin Buyuk Britaniyada bo`lib o`tgan parlement saylovlarida o`zim yutqazdim. Shuning uchun O`zbekistondagi saylovlar qay tarzda bo`layotganligiga qiziqdim. Bunga sabab – O`zbekiston Markaziy Osiyoda o`z isloxotlari bilan tanilayotgan davlat, saylov esa muhim jarayon. Bu jarayonlarni kuzatish esa, shaxsan men uchun qiziq. Men ko`p davlatlarning parlament saylovlarida qatnashganman. Sizning saylovlaringiz natijalari esa, demokratik tamoyillarga asoslangan holda, adolatli o`tadi degan umiddaman. Bitta tavsiyam bor: xalq ichidan fuqarolar yig`ilib, o`z partiyalarini tashkil etsalar, maqsadga muvofiq bo`lar edi. Ilgari “O`zbekiston” deganda yopiq mamlakat tushunilardi. Siz bilan bemalol, ochiqchasiga siyosat haqida gaplashib o`tirganimizning o`zi ham katta islohotlardan darak beradi. Yurtingiz fuqarolari ham kechagidek emas – ular o`z huquq va erkinlarini bilishmoqda. 

Sardorbek Rahmonqulov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1