1

Se Syaoyun: "Imkoniyati cheklangan shaxslarga ham saylovda zarur sharoitlar ta`minlangani e`tiborga loyiq"

Siyosat 23.12.2019, 16:42
Teglar: Shanxay, kuzatuvchi, missiya
Se Syaoyun: "Imkoniyati cheklangan shaxslarga ham saylovda zarur sharoitlar ta`minlangani e`tiborga loyiq"

Joriy yilning 23 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi ishtirokida press-brifing bo`lib o`tdi.

ShHT Bosh kotibi o`rinbosari, ShHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari Se Syaoyun missiyaning saylovlarni kuzatish bo`yicha xulosalarini bayon qildi.  

Unda ShHT Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan hamda Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonini kuzatish bo`yicha elliginchi yubiley missiyasi o`z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlaganligi e`tirof etildi. 

ShHT missiyasi a`zolari O`zbekistondagi parlament va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatish uchun 2019 yil 16 dekabr kuni kelgan. 

Se Syaoyun missiya tarkibida Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Xitoy, Pokiston, Tojikiston kabi davlatlardan 20nafar kuzatuvchi ekspertlar borligini aytib o`tdi.

- “Saylov kuniga qadar missiya kuzatuvchilari saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishgan. Delegasiya rahbarining qayd etishicha, O`zbekiston davlati tomonidan saylovning demokratik talablar asosida o`tishi uchun barcha zarur shart-sharoit ta`minlab berilgan. Saylovgacha bo`lgan jarayonda xalqaro standartlarga muvofiq keladigan, saylovga oid bir necha qonunlarni yaxlitlashtirgan Saylov kodeksi qabul qilindi. 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov bilan bog`liq barcha tashkiliy ishlar yaxshi amalga oshirilgan.

Missiya vakillari Toshkent, Farg`ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi turli saylov uchastkalarida bo`lib, tayyorgarlikni ham, saylov qanday o`tkazilganini ham bevosita kuzatgan. 

Saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini, ayniqsa imkoniyati cheklangan shaxslarga ham zarur sharoitlar ta`minlangani e`tiborga loyiq. Xorijiy davlatlardagi fuqarolarga ham ovoz berish uchun maksimal qulaylik yaratilgan. Muddatidan oldin ovoz berish uchun ham zaruriy choralar ko`rilgan. 

Saylov kuni muhrlangan saylov qutilari, saylov uchastkalarida videokuzatuv yo`lga qo`yilganiga bevosita guvoh bo`ldik. 

Aholi saylovlarda faol ishtirok etdi. Missiya kuzatuvchilariga saylovdan oldin ham, saylov kuni ham hech qanday e`tiroz va shikoyatlar bildirilmadi.” – dedi Se Syaoyun.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1