1

Shavkat Mirziyoev EXHT Parlament assambleyasi raisini qabul qildi

Siyosat 23.12.2019, 22:52
Shavkat Mirziyoev EXHT Parlament assambleyasi raisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 dekabr kuni Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (EXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz 2018 yilda ushbu organdagi ishtirokini qayta tiklaganidan buyon o`zaro munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarilgani va ijobiy sur`at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Bugungi kunda 2019-2020 yillarda EXHT Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha “yo`l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

Tuzilmaning 50 nafarga yaqin vakillaridan iborat delegasiya ilk marta O`zbekistondagi saylovlarni kuzatishda ishtirok etayotgani qayd etildi.

Georgiy Sereteli Prezident Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul hamda birlashma bilan hamkorlik faollashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

EXHT PA raisi  O`zbekistonning assambleyadagi ishtiroki EXHTga a`zo davlatlar qonun chiqaruvchi organlari bilan aloqalarni mustahkamlash doirasida mamlakatning manfaatlarini ilgari surishda yangi imkoniyatlar ochganini ta`kidladi.

Mehmonning fikricha, bo`lib o`tgan saylovlar O`zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega, chunki ular keng miqyosli islohotlar davrida, EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining tavsiyalarini ham hisobga olib ishlab chiqilgan yangi Saylov kodeksi asosida o`tdi.

Uchrashuv so`ngida EXHTning O`zbekistondagi saylovlarni kuzatish bo`yicha uzoq va qisqa muddatli missiyalarining faoliyatiga qulay sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1