AsosiyJamiyat

Samarqandda “Ayollar maslahat markazi” faoliyat boshladi

Samarqand shahar xotin-qizlar qo`mitasi qoshida “Ayollar maslahat markazi” faoliyat boshladi. Bu haqda “Xalq so`zi” gazetasi xabar beradi.

Markazda tuman va shahar xotin-qizlar qo`mitalari raislari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo`limi, sog`liqni saqlash va adliya boshqarmalari mas`ul xodimlari ishtirokida seminar o`tkazildi.

“Seminarda shu kabi muassasalarni boshqa hududlarda ham tashkil etish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta`kidlandi”, – deyiladi gazeta xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar