1

Sog`liqni saqlash vaziri kecha Norboevadan yig`ilishga taklif kelmaganini aytdi, Senat esa buni rad etmoqda

Siyosat 26.12.2019, 10:30
Sog`liqni saqlash vaziri kecha Norboevadan yig`ilishga taklif kelmaganini aytdi, Senat esa buni rad etmoqda

Joriy yil 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining umumiy ovqatlanish korxonalari va ta`lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o`rganish natijalari muhokamasiga bag`ishlangan kengaytirilgan majlisi bo`lib o`tdi.

Majlisda sog`liqni saqlash vazirining mazkur masala yuzasidan axborot berishi ko`zda tutilgan bo`lishiga qaramasdan, vazirlik rahbariyati Senatning Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasining rasmiy xatini (18.12.2019 yildagi 09-17/2549-sonli xat) e`tiborsiz qoldirib, noma`lum sabablarga ko`ra majlisda ishtirok etmadi.

Biroq, sog`liqni saqlash vaziri A.Shadmanov ushbu holatni batafsil o`rganmasdan, shu yil 25 dekabrda Bosh prokuraturada bo`lib o`tgan yig`ilishda Senat Kengashining kengaytirilgan majlisida ishtirok etish uchun yozma taklif kelib tushmaganligini bildirgan.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Oliy Majlis Senatining tegishli Qo`mitasi xati 2019 yil 20 dekabr kuni feldaloqa xizmati orqali etkazilgan va shu kuni soat 11.45 da Sog`liqni saqlash vazirligining mas`ul xodimi tomonidan qabul qilib olingan.

Sog`liqni saqlash vazirining mazkur xatti-harakatlari va vazirlikdagi ijro intizomini kuchaytirish choralarini ko`rish maqsadga muvofiqligi yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli xat yuborildi, deya ma`lum qildi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1