1

Senatda 1-ayol rahbarlar, vazirliklar va nodavlat tashkilotlar vakillarining majlisi bo`lib o`tdi

Siyosat 28.12.2019, 16:51
Senatda 1-ayol rahbarlar, vazirliklar va nodavlat tashkilotlar vakillarining majlisi bo`lib o`tdi

Bugun 28 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda yangi tashkil etilgan Gender Komissiyasining shu kungacha qilgan ishlari bo`yicha ma`lumotlar berildi, kelgusi 2020 yil uchun takliflar tinglandi. 

Tanzila NORBOEVA, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi:

- Bu yilgi gender tengligi bo`yicha amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholash mumkin. Bu borada ko`p ishlar qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga saylangan 125 nafar deputatning 34 nafari ayol kishi ekanligi ham quvonarli hol. Lekin bu kamchiliklardan holimiz degani emas. Sohada 2 ta qonun qabul qilinganiga qaramasdan, bu qonunlar haqida xalq hali bilmaydi – buni tan olishimiz kerak! Ba`zi davlatlarda arzimagan ishlar qilishsa ham, hamma erga ovoza qilishadi. Ammo Gender tengligi bo`yicha Hukumat darajasida ishlar ketyotgan bo`lsa ham, uning targ`ibot-tashviqoti bilan shug`ullanishda sustkashlikka yo`l qo`yilmoqda.

Oliy Majlis Senati tomonidan 28 ta vakolatli tashkilotlarga Gender tenglik masalalari bo`yicha taklif berilishi so`ralgan bo`lib, shundan 12 ta tashkilotlardan takliflar olingan. Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investisiya vazirligi, Madaniyat vazirligi va yana bir qator – jami 16 ta tashkilotlardan talab qilingan muddatda takliflar kelib tushmagan. Shuningdek, Gender tenglik bo`yicha monitoring olib borish uchun Davlat Statistika qo`mitasi, davlat byudjetidan mablag`lar ajratish bo`yicha Moliya vazirligini Gender Komissiyasi a`zolari sifatida qabul qilish masalasi o`rtaga tashlandi.

Majlisda O`zbekistondagi 1-ayol senator Tanzila Norboevadan tashqari 1-ayol vazir Agrippina Shin, 1-ayol OTM rektori (Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti) Gulchehra Rixsieva, nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1