1

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Siyosat 30.12.2019, 15:02
Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr kuni Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev kirib kelayotgan yangi - 2020 yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

Yakuniga etayotgan yilda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim natijalarga erishilgani ta`kidlandi.

O`zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, sanoat va transport sohalaridagi kooperasiya kengaymoqda, hududlararo va gumanitar aloqalar faollashdi. O`zbekistonda Qozog`iston yili doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o`tkazildi.

Joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikka oid, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1