1

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga ezgu tilaklar bildirdilar

Siyosat 30.12.2019, 16:11
O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga ezgu tilaklar bildirdilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdilar.

Ta`kidlash joiz, 2019 yil mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich bo`ldi.

O`zaro aloqalar jadallashdi, savdo ko`rsatkichlari ikki barobar o`sdi, sanoat va transport sohalarida kooperasiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar o`rtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.

Suhbatda davlat rahbarlari Toshkent shahrida o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadilar.

O`zbekiston-Qirg`iziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020 yilga mo`ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1