Dubay Yangi yilni bir qator madaniy va ko`ngilochar shoular bilan kutib olishga tayyorgarlik ko`rar ekan, shaharga dunyoning eng mashhur sport yulduzlari tashrif buyurishdi.
«Yuventus»ning portugaliyalik yulduzi Krishtiano Ronaldo hozirda o`z oilasi bilan Dubayda dam olmoqda. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
A-Seriyaning 2019 yildagi eng yaxshi o`yinchisi bo`lgan CR7 instagram sahifasida o`z oilasi bilan Dubaydagi plyajda tushgan rasmini joylashtirdi.
Serbiyalik mashhur tennischi Novak Jokovich ham ayni paytda Dubayda hordiq chiqarmoqda. Dunyo reytingida 2-o`rinda borayotgan Jokovichning Ronaldo bilan sport zalida olib borgan mashg`ulotlari dunyo bo`ylab ko`pchilik internet foydalanuvchilarining e`tiborini tortdi.
Shuningdek, “Real Madrid” jamoasining ikki nafar a`zosi Karim Benzema va Dani Karvahal ham hozirda Dubayda bo`lib turishibdi.
Ma`lumot uchun, Mastercard Global Destination Cities Index bergan ma`lumotlarga ko`ra, Dubay shahri 2019 yilda tashrif buyuruvchilar soni bo`yicha dunyoda to`rtinchi o`rinni egallagan.






