1

Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali so`zlashdilar

Siyosat 30.12.2019, 16:52
Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali so`zlashdilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Joriy yil noyabr oyida Turkmaniston Prezidentining O`zbekistonga amalga oshirgan tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda o`tgan ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlar mustahkamlangani, eksport-import amaliyotlari hajmining oshgani, energetika, qishloq xo`jaligi, sanoat va transport sohalarida kooperasiya loyihalari amalga oshirilayotgani ikki tomonlama hamkorlikning muhim natijalari sifatida e`tirof etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish muhim ekani ta`kidlandi.

Suhbat chog`ida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatga doir masalalar ham muhokama qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1