1

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon kirib kelayotgan 2020 yil bilan bir-birlarini tabrikladilar

Siyosat 30.12.2019, 17:49
Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon kirib kelayotgan 2020 yil bilan bir-birlarini tabrikladilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlat rahbarlari yangi - 2020 yil kirib kelayotgani munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar.

Joriy yil ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada rivojlangan va mustahkamlangan davr sifatida ikki tomonlama munosabatlar tarixida qolishi ta`kidlandi.

Hukumatlar, parlamentlar va hududlar, jumladan, Toshkent va Dushanbe shaharlari o`rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. O`zaro savdo hajmi salmoqli darajada oshmoqda, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanmoqda.

Suhbat chog`ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yil noyabr oyida poytaxtimizda o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining natijalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta`kidlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1