AsosiyJamiyat

Jizzax viloyatidagi shirkat xo`jaligi rahbari 606 million so`mlik mollarni noqonuniy sotib yubordi

Jizzax viloyati Qorako`l birlashmasiga qarashli «Qizilqum» shirkat xo`jaligida qisqa muddat rahbarlik qilgan fuqaroning 2011—2013 yillardagi faoliyati noqonuniy yo`llar bilan boylik orttirishdan iborat bo`ldi. Bu haqda «Huquq» gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi daryo.uz.

Bosh hisobchi, ikki nafar bosh cho`pon va 20 nafar cho`pon uquvsiz rahbarning jinoyatlariga sherik bo`ldi. Natijada umumiy bahosi 606 million 306 ming so`mlik 2919 bosh mayda shoxli mollar ba`zan naqd pulga, ba`zan natura shaklida sotib yuborildi.

Jinoyatni yashirish maqsadida soxta yuk xatlari, ishonchnomalar, to`lov qaydnomalari tuzilib, xo`jalik hisobxonasiga kirim qilindi. Forish tuman statistika bo`limi va boshqa tegishli idoralarga soxta hisobot va ma`lumotnomalar taqdim etib borildi.

Mollarga qiron keltirilgach, soliq va majburiy to`lovlardan qarzdorlik ham ortib, 2013 yil 1 avgust holatiga ko`ra, 461 million so`mdan oshib ketdi. Rahbar va bosh hisobchi esa soliqlarni to`lashdan bosh tortdi.

Sotilgan teri, jun, go`sht mahsulotlaridan tushgan naqd pul mablag`larining 362 million so`mdan ziyodrog`ini ham rahbar turli maqsadsiz to`lovlarga sovurib yubordi.

Ularning qilmishi sudda ko`rilib, jinoyatga jazo muqarrarligi ta`minlandi hamda davlat va jamiyat manfaatlariga etkazilgan zarar javobgar shaxslardan undirib olindi.

    Boshqa yangiliklar