Milliy kutubxona fondi «Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi» kitobi bilan boyidi, deya xabar bermoqda muassasa matbuot xizmati.
shbu kitob 2014 yilda «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. 744 sahifali kitob filologiya fanlari doktori, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki, boburshunos Aziz Qayumov rahbarligida o`zbekistonlik va xorijlik olimlarni jalb etgan holda bir guruh boburshunoslar tomonidan yozilgan.
Kitobda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida tilga olingan so`zlar, iboralar, voqealar, shaxslar, joy nomlariga ta`rif berilgan.