AsosiyMadaniyat

«Shaytanat» 20 yil davomida nega televidenieda namoyish etilmadi?

'«Shaytanat» 20 yil davomida nega televidenieda namoyish etilmadi?'ning rasmi

O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev nima sababdan «Shaytanat» serialini televidenieda namoyish etish  taqiqlanganini ma`lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammad bilan bo`lib o`tgan intervyuda gapirdi.

Yodgor Sa`diev, O`zbekiston xalq artisti:

— Qaerdadir, kim tomonidandir va nima uchundir serial namoyish etilmasligi haqida og`zaki ko`rsatma berilgan. Qaerdadir gapirilgani, u yoki bu sababdan namoyish taqiqlanayotgani haqida hech qanday yozma tushuntirish bo`lmagan. Men buning barchasiga sabr qildim. Agar menga «Mana bu aniq sabab bo`yicha serialni yopayapmiz», deb aytishganida, men o`shanda nimadir qilgan bo`lar edim. Men sabr qildim va 20 yil kutdim. Bilasizmi, ularning o`zi ham aniq sababni bilmaydi. Biroq, ko`rib turganimizdek, zamon o`zgarmoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, yaqin vaqt ichida «O`zbekiston» telekanalida serialga bag`ishlangan ko`rsatuv namoyish etiladi. Bu ko`rsatuv «Shaytanat»ning televidenieda namoyish etilishidan oldin efirga uzatiladi.

    Boshqa yangiliklar