1

U-23 Osiyo chempionati start olishiga 2 kun qoldi

Sport 06.01.2020, 11:09
U-23 Osiyo chempionati start olishiga 2 kun qoldi

U-23 Osiyo chempionati start olishiga 2 kun qoldi, deb yozadi O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi rasmiy kanali.

Qit`a chempionati uchrashuvlarini to`liq formatda “Sport” telekanalida tomosha qilish mumkin. 

Qit`a chempionatiga munosib tayyorgarlik olib borgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda musobaqa doirasidagi ilk o`yinini o`tkazadigan Songxla shahriga etib kelgan va ilk o`yin – Eronga qarshi uchrashuvga hozirlik ko`rmoqda. 

OFK Media bo`limi vakillari terma jamoamiz joylashgan “BP Samila Hotel” mehmonxonasiga tashrif buyurishdi va terma jamoamiz etakchilaridan biri – Hojiakbar Alijonov bilan chempionat oldidan suhbat qurishdi.

Ma`lmu bo`lishicha, terma jamoa turnirga yaxshi tayyorgarlik olib borgan. Iqlimga ko`nikishda ortiqcha muammo bo`lmaydi. Sababi qishgi yig`inlar issiq mamlakatlarda olib borilgan. Qolaversa, Tailandga ham biroz ertaroq borilgan. 

Terma jamoamiz 2018 yilda U-23 Osiyo chempionatida g`olib chiqqan edi. Endigi maqsad – o`sha muvaffaqiyatni takrorlash va Olimpiada o`yinlariga yo`l olish. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1