“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga deputatlar bilan barcha fuqarolarning erkin tanishish imkoniyatini yaratish taklifi bildirilgan petisiya joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, mahalliy kengashlardagi deputatlar o`z vazifalarini to`liq bajarmaydi. Shuning uchun aholining ko`pchiligi mahalliy kengashlarning deputatlari sayloviga unchalik katta qiziqish bildirmaydi. Ularning faoliyati natijalarini ko`rib bo`lmaydi
Bildirilishicha, eng ko`p ishlashi lozim bo`lgan va xalq bilan eng yaqin muloqotga kirishadigan vakillar mahalliy kengashlarning a`zolari bo`lishlari kerak.
Murojaatga asosan, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining faoliyat reytingini joriy etish maqsadga muvofiq.
“Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etishni va u bilan barcha fuqarolarning erkin tanishish imkoniyatini yaratishni taklif qilamiz”, deyiladi murojaatda.
Shuningdek petisiya ostida qoldirilgan izohda har bir deputatning saylov oldi dasturini Senatdan tasdiqdan o`tkazib, ushbu reytingda dasturning amalga oshirilishi bo`yicha baholash mezonini tashkil kerakligi qayd etilgan.
Deputatlik muddati tugagan deputatlarga bajargan ishlari hamda to`plagan ballari bo`yicha rag`bat yoki chora ko`rishni yo`lga qo`yish so`ralmoqda.






