Joriy yilning 4 yanvar kuni yarim tunda noma`lum shaxs tomonidan Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida joylashgan oshxonalarning biridan 15 mln. so`m pul va videokuzatuv moslamasining xotirasi o`g`irlab ketilgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni mazkur oshxona ishchisi 1993 yilda tug`ilgan D. Yu. sodir etganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






